» » Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ekskursiyalar tashkil etiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ekskursiyalar tashkil etiladi


O‘zbekiston Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 7-yanvar kuni ekskursiyalar o‘tkazishga ruxsat beruvchi me’yorni o‘z reglamentiga kiritdi. Bu haqda Liberal-demokratik partiya fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherboyev Telegram-kanalida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Guruh ekskursiyalari korxona, tashkilot va muassasalarning yozma murojaatlari asosida tashkil etilishi mumkin. Tashrif buyuruvchilar parlament quyi palatasining ochiq majlislariga kelishi, ularni o‘tkazish tartibi bilan tanishishi mumkin, biroq Qonunchilik palatasi ishiga aralashish huquqiga ega emas.

Rasul Kusherboyevning aniqlik kiritishicha, palatada avval ham ekskursiyalar o‘tkazilgan, biroq buning uchun huquqiy asos bo‘lmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют