» » Ranyeridan keyin ketma-ket ikki o‘yinda zafar quchgan “Lester”, Ibrahimovichdan omad ketgan kun, “Arsenal”dan mag‘lubiyat

Ranyeridan keyin ketma-ket ikki o‘yinda zafar quchgan “Lester”, Ibrahimovichdan omad ketgan kun, “Arsenal”dan mag‘lubiyat


Angliya Premyer-ligasining 27-turidan joy olgan 7 ta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

“Manchester Yunayted” futbolchilari o‘z maydonida “Bornmut”ni mag‘lub etib, va nihoyat 5-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi. Biroq Mourinyo jamoasi “Old Trafford”da o‘rtamiyona klubni 45 daqiqa bir kishi ko‘proq o‘ynab turib ham mag‘lub eta olmadi. Qo‘shimchasiga, Zlatan Ibrahimovich penaltidan aniq foydalana olmadi.

Turning markaziy o‘yini uchun “Enfild” stadioniga tashrif buyurgan “Arsenal” mezbon “Liverpul”ga imkoniyatni boy berdi — 1:3. Tomonlarning Londonda bo‘lib o‘tgan o‘yinida ham Yurgen Klopp shogirdlarining qo‘li baland kelgandi.

Klaudio Ranyerini kutilmaganda iste’foga chiqarib yuborgan “Lester” ketma-ket ikkinchi o‘yinda zafar quchdi. Ko‘rinishidan futbolchilar italiyalik mutaxassisning ketishini kutib turgandek.

Angliya Premyer-ligasi
27-tur
4-mart, shanba

Gollar: Marko Roxo, 23 (1:0). Joshua King, 40-pen (1:1).
Chetlatish: Endryu Surman, 45 (B).

Gollar: Uilfrid Zaxa, 55 (0:1). Andros Taunsend, 84 (0:2).

Gollar: Kamil Grositski, 14 (0:1). Kristian Fuks, 27 (1:1). Riyod Mahrez, 59 (2:1). Tom Xaddlstoun, 90-avt (3:1).

Gollar: Marko Arnautovich, 29 (1:0). Marko Arnautovich, 42 (2:0).

Gollar: Fernando Lyorente, 12 (1:0). Andre Grey, 20-pen (1:1). Andre Grey, 61 (1:2). Martin Olsson, 69 (2:2). Fernando Lyorente, 90+2 (3:2).

Gollar: Troy Dini, 4 (1:0). Dushan Tadich, 28 (1:1). Netan Redmond, 45+2 (1:2). Stefano Okaka, 80 (2:2). Manolo Gabbyadini, 83 (2:3). Netan Redmond, 86 (2:4). Abdulay Dukure, 90+4 (3:4).

Gollar: Roberto Firmino, 9 (1:0). Sadio Mane, 40 (2:0). Denni Uelbek, 57 (2:1). Jorjinyo Veynaldum, 90+1 (3:1).

Опубликовано: admin (5-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют