» » Paragvay Venesuela bilan diplomatik aloqalarini uzdi

Paragvay Venesuela bilan diplomatik aloqalarini uzdi


Paragvay hukumati Venesuela bilan diplomatik aloqalarini uzish haqida qaror qabul qildi. Bu haqda 10-yanvar kuni prezident Mario Abdo Benites ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Venesuela prezidenti Nikolas Maduroning 2025-yilgacha davom etadigan ikkinchi muddatga prezidentlik lavozimiga kirishish kuni Abdo Benites telemurojaatida mamlakat TIVning diplomatik aloqalarni uzish haqidagi bayonotini o‘qib eshittirdi.

“Paragvay respublikasi hukumati o‘z konstitutsiyaviy vakolatlari va milliy suverenitetini ijro eta turib, Venesuela respublikasi bilan diplomatik aloqalarni uzish haqidagi qarorni qabul qildi. Elchixonamizni yopish va Paragvayning mazkur mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik personalini zudlik bilan chaqirib olishga farmoyish berildi”, — deyiladi bayonotda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют