» » O‘zbekistonlik olimlarning gen-nokaut texnologiyasiga Misr va Rossiyadan patent olindi

O‘zbekistonlik olimlarning gen-nokaut texnologiyasiga Misr va Rossiyadan patent olindi


Misr va Rossiyadan g‘o‘za genlarini nokaut qilish (“o‘chirish”) texnologiyasiga patent olinishi Fanlar akademiyasi qoshidagi Genomika va bioinformatika markazi olimlarining yutuqlarining navbatdagi e’tirofi bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga markaz matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avvalroq mazkur texnologiyaga AQSh Patentlar va tovar belgilari idorasi tomonidan ham patent berilgan edi. Patent berilishi xalqaro darajada texnologiyalarni litsenziyalash imkoniyatini ochadi, nafaqat tovarlar eksporti uchun, balki intellektual mulkdan ham daromad olish imkoniyatini beradi.

Gen-nokaut texnologiyasi o‘zbek olimlari tomonidan 2008-yili o‘zbekistonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, tadqiqotlar hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Natijada yuqori hosildor, tez pishuvchi, uzun tolali, quruqlikka chidamli, sho‘ralagan tuproqda o‘sadigan “Porloq” seriyasidagi biotexnologik navlar yaratildi.

O‘zbekistonda yetishtiriladigan boshqa navlarga qaraganda 12 foizga qimmatroq narxda sotiladi va jahon bozorida katta talabga egaligi bilan ajralib turadi. 2018-yili “Porloq” navi respublika bo‘ylab 60 ming gektardan oshiq maydonlarda ekildi, bu navning ekish maydonlari yanada kengaytirilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют