» » Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari pedagoglari ish haqiga ustamalar belgilandi

Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari pedagoglari ish haqiga ustamalar belgilandi


Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 3-fevraldagi qarori bilan san’at va madaniyat kollejlari bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladigan ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarga aylantirilgan.

Qarorda qayd etilishicha:

a) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, maktab-internatlar pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi qaroriga muvofiq bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi:

20 foiz — o‘qituvchilarga, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda pedagog xodimlarga, shu jumladan, tarbiyachilar yordamchilariga chuqur o‘rganiladigan fanlar bo‘yicha amalda o‘tkazilgan darslar uchun;

20 foiz — ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablarida o‘quv jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar, ularning o‘rinbosarlari va psixologlarga;

40 foiz — ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan direktorlar. ularning o‘rinbosarlariga;

b) Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10—11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-oktabrdagi qarori O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar faoliyatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-01-2019, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют