» » Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Rossiya Inson huquqlari bo‘yicha vakili O‘zbekistonga tashrif buyuradi


RF Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Tatyana Moskalkova O‘zbekistonga ishchi tashrif buyuradi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Tashrif chog‘ida Ombudsman inson huquqlarini himoya qilish va ilmiy hamjamiyat bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

“Keyingi haftada men xizmat safari bilan O‘zbekistonda bo‘laman. U yerda inson huquqlari bo‘yicha muhokama qilish lozim bo‘lgan mavzular bor”, — deydi u.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha Ombudsmaniga 2018-yilda qariyb 600 ta murojaat kelib tushgan, shundan 35 tasi O‘zbekistondan.

Murojaatlar birinchi navbatda jinoyat-protsessual va jazo qonunchiligiga taalluqli bo‘lgan. Shuningdek ombudsmanga migratsiya muammolari to‘g‘risida ham murojaatlar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют