» » Xitoylik mansabdor internetni nazorat qilishni kamaytirishni yoqlab chiqdi

Xitoylik mansabdor internetni nazorat qilishni kamaytirishni yoqlab chiqdi


Xitoy Xalq siyosiy konsultativ kengashi raisi o‘rinbosari Lo Fuxe mamlakatdagi internet-senzura XXR iqtisodiyoti hamda ilm-faniga zarar yetkazishini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Lo Fuxe so‘zlariga ko‘ra, internet bilan bog‘liq taqiqlar xorijiy sarmoyadorlarning ham Xitoyga mablag‘ kiritish bo‘yicha qiziqishlarini kamaytirgan.

Fuxe internet ustidan nazoratni susaytirish va senzuraning mamlakat siyosatidan tashqari qolgan barcha sohalardagi mulohazalar uchun bekor qilishning imkoni bor deb hisoblamoqda.

Mazkur fikr XXRga 2012-yil Si Szinpin rais bo‘lganidan so‘ng kuchaygan senzuraga nisbatan aytilgan juda kam uchrovchi tanqid ekanligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Xitoyda eng kuchli va murakkab internet-senzura tizimi o‘rnatilgan bo‘lib, uning yordamida Google, Twitter, Facebook, Instagram va YouTube singari ko‘plab xorijiy saytlarga kirish taqiqlab qo‘yilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют