» » O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi

O‘zbekistonda ekologiya sohasidagi xodimlar moddiy rag‘batlantiriladi


Hukumat qarori bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Nizom bilan Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi markaziy apparati, uning tashkiliy tuzilmasiga kiradigan davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan hududiy bo‘linmalari va tashkilotlarining xodimlari, shuningdek, qo‘mita tizimiga kiradigan xo‘jalik hisobidagi davlat unitar korxonalari va davlat muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi belgilandi.

Nizomga ko‘ra, budjet tashkilotlari va budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, shuningdek, qo‘shimcha mehnat kafolatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

lavozim maoshlari (tarif stavkalari);

lavozim maoshlariga qo‘shimchalar va ustamalar;

mehnatning yakuniy natijalariga ko‘ra belgilangan mukofotlar.

Budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlariga tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan lavozim maoshiga quyidagi qo‘shimchalar va ustamalar belgilanadi:

kasblarni qo‘shib bajarganlik va xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirganlik uchun — amalda bajarilgan ishlar uchun;

dam olish va bayram kunlarida ishlaganlik uchun — soatbay tarif stavkasidan kelib chiqqan holda ikki baravar miqdorda;

uzoq muddat ishlaganlik uchun lavozim maoshiga foizlar hisobida — har chorakda ushbu nizomda belgilangan miqdorlarda.

Budjet tashkilotlari xodimlarini mukofotlash quyidagi tartibda belgilanishi mumkin:

bayram kunlarida;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan yuqori malakali, tashabbuskor xodimlarga shaxsiy ustamalar;

yil yakunlari bilan alohida tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarni, shuningdek, xodimning nafaqaga chiqishi munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash;

davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganligi uchun oylik ish haqining bir baravarigacha rag‘batlantirish.

Budjet tashkiloti bo‘lmagan tashkilotlar xodimlarini mukofotlash va ularga belgilanadigan qo‘shimcha va ustama to‘lovlar miqdorlari tegishli tashkilotlarning rahbarlari tomonidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют