» » Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”dan haydalgani uchun 15 mln funt tovon puliga ega bo‘ldi

Joze Mourinyo “Manchester Yunayted”dan haydalgani uchun 15 mln funt tovon puliga ega bo‘ldi


“Manchester Yunayted” jamoaning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyoga tovon puli to‘ladi.

“Mankunianlar” 55 yoshli mutaxassis bilan tuzilgan shartnomani muddatidan oldin bekor qilgani uchun 15 million funt to‘ladi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

“Jozening “Manchester Yunayted” bilan shartnomasi bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q”. Hammasi joyida. Mourinyo boshqa klubda ish olib borishi mumkin, biroq u shoshmayapti. U bu borada tashvishlanayotgani yo‘q va mavsum oxiriga qadar kutishdan xursand bo‘lardi”, — dedi Mourinyoga yaqin insonlardan biri.

Murabbiy klubdagi 2,5 yillik faoliyatidan so‘ng 2018-yilning 18-dekabrida o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning rahbarligi ostida “Manchester Yunayted” Angliya Superkubogi, Angliya Kubogi va Yevropa Ligasida g‘olib bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют