» » Myanma sudi yetti yilga hukm qilingan Reuters jurnalistlarining apellyatsiyasini rad etdi

Myanma sudi yetti yilga hukm qilingan Reuters jurnalistlarining apellyatsiyasini rad etdi


Myanma sudi 11-yanvar kuni roxinja musulmonlarining o‘ldirilishi bilan bog‘liq vaziyatni tekshirayotganda davlat siri to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun yetti yilga hukm qilingan Reuters’ning ikki nafar jurnalisti appelyatsiyasini rad etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, jurnalistlarning advokatlari ularning aybsizligini isbotlaydigan yetarli dalil taqdim etmagan.

32 yoshli Ko Va Lon va 28 yoshli Ko Kya Soy Oo ustidan “mamlakat milliy xavfsizligiga putur yetkazgani uchun”, Myanma politsiyasidan armiya harakati to‘g‘risidagi maxfiy fayllarni noqonuniy qo‘lga kiritgani to‘g‘risida qaror chiqarilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ikki nafar politsiyachi jurnalistlarga Yangon shahri restoranlaridan birida hujjatlarni bergan. Jurnalistlar Myanma hukumati bilan nizolarda 10 nafar roxinja musulmonlarining qotilligini tekshiruv ishlari bilan shug‘ullangan.

Himoya sud qarori ustidan Myanma oliy sudiga shikoyat qilishga haqli.

Reuters agentligi bosh muharriri Stiven Jey Adler sudni hukmni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

“Bugungi qaror Va Lona va Ko Soy Oo uchun yana bir adolatsizlik sanaladi. Ular panjara ortida hukumat haqiqatni yashirishga urunayotgani uchun qolmoqda”, — deydi Adler.

“Myanma bu dahshatli jinoyatni tuzatmaguncha Myanma matbuoti erkin bo‘lmaydi”, — deydi Reuters muharriri.

O‘zlarining appelyatsiyalarida advokatlar jurnalistlarning jinoyat qilganliklari to‘g‘risida dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan.

Shuningdek appelyatsiyada prokurorlar jurnalistlarning maxfiy ma’lumotlarni Myanma dushmanlariga yuborish yoki mamlakatning milliy xavfsizligiga zarar yetkazish maqsadi isbotlanmaganligi ma’lum qilingan.

Myanma hukumati va roxinja musulmonlari o‘rtasidagi ziddiyat bir necha o‘n yillardan beri davom etadi. Hukumat bu xalqni Bangladeshdan bo‘lgan noqonuniy muhojirlar deb hisoblaydi, biroq ular o‘zlarini

Rakxayn shtatining tub aholisi deb sanaydi. Vaziyat, 2017-yilning avgust oyida “Roxinja najot armiyasining” Myanma armiyasi va politsiya bo‘linmalari hujumidan so‘ng kuchaydi.

Shundan so‘ng Myanma armiyasi va politsiyasi “terroristlarga qarshi” operatsiya o‘tkazdi, bu esa roxinja qochoqlarini qo‘shni mamlakatlarga chiqib ketishiga sabab bo‘ldi. Faqat Bangladeshga 400 mingga yaqin odam qochib ketgan. BMT, xalqaro gumanitar tashkilotlar, musulmon va g‘arb davlatlarining bir qismi ushbu hodisani genotsid deb atamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют