» » AQSh Suriya va Iroqdagi aviahujumlarda 20 dan ziyod tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

AQSh Suriya va Iroqdagi aviahujumlarda 20 dan ziyod tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi


AQSh Qurolli kuchlarining Yaqin Sharqdagi markaziy qo‘mondonligi Iroq va Suriyada IShIDga qarshi yo‘naltirilgan aviahujumlar natijasida 21 nafar tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda qo‘mondonlik hisobotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 21 nafar qurbondan tashqari, tinch aholining ikki nafar vakili jarohatlangan.

Hisobotda terrorchilarning harbiy obyektlariga zarba berish bo‘yicha tegishli harakatlar fuqarolarga yetishi mumkin bo‘lgan zararni minimallashtirgan holda olib borilayotgani ma’lum qilingan. Biroq, qayd etilganidek, ba’zi holatlarda harakatlarni qurbonlarsiz amalga oshirishning iloji bo‘lmayapti.

Shtab tomonidan, shuningdek, ayni damda yana 19 nafar tinch aholi o‘limi bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘rganilayotgani xabar qilindi.

Fevral oyi boshida AQSh boshchilik qilayotgan koalitsiya IShIDga qarshi operatsiya davomida 199 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют