» » Zo‘rlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berildi

Zo‘rlashda ayblanayotgan Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berildi


Las-Vegas politsiyasi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning DNK namunasini olish uchun order berdi. Bu haqda Wall Street Journal nashri xabar berdi.

Politsiya Ronalduni zo‘rlashda ayblagan ayolning (Ketrin Mayorga) libosidagi namunalar bilan o‘yinchining genetik tahlillarini taqqoslaydi.

Las-Vegas politsiyasi vakillari allaqachon orderni Italiya sud xizmatiga yuborgan.

2018-yilning sentabrida amerikalik model Ketrin Mayorga 2009-yil iyun oyida Ronaldu uni Las-Vegasda zo‘rlagani haqida ma’lum qilgandi.

Keyinchalik 2010-yilda Mayorga futbolchining advokatlari bilan kelishuv shartnomasini imzolagan va jim yurishi uchun 375 ming dollar olgani haqida xabar berildi. 2018-yil sentabr oyida esa politsiya ishni qaytadan ochdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют