» » Tomas Myuller YChLning 2 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi, endi u “Liverpul”ga qarshi o‘ynamaydi

Tomas Myuller YChLning 2 ta o‘yinidan diskvalifikatsiya qilindi, endi u “Liverpul”ga qarshi o‘ynamaydi


13-dekabr kuni Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichi so‘nggi turida “Bavariya” a’zosi Tomas Myuller “Ayaks”ga qarshi o‘yinda raqibiga ishlatgan qo‘polligi sabab maydondan chetlashtirilgandi. UEFA ushbu holat bo‘yicha so‘nggi qarorni e’lon qildi.

Germaniyalik o‘yinchi 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, deb xabar berdi Omnisport.

Shu tariqa, u musobaqaning 1/8 finalida “Liverpul”ga qarshi 2 ta o‘yinda ham yordam bera olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Myuller “Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafiko boshiga oyog‘i bilan zarba berganligi uchun o‘yindan chetlashtirilgan edi. Keyinchalik u raqibidan omma oldida kechirim so‘radi.

Ma’lumot uchun, bu Myullerning karyerasidagi 2-qizil kartochka bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют