» » O‘zbekistonda qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanishi qanday bo‘lmoqda?

O‘zbekistonda qo‘shinlarning zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlanishi qanday bo‘lmoqda?


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizovning “Xalq so‘zi-onlayn” nashriga bildirishicha, ortda qolgan 2018-yilda mamlakat mudofaa salohiyatini oshirish, qo‘shinlarning jangovar shayligini yuksaltirish, milliy armiyani zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 2018 — 2021-yillarda qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash va harbiy texnikalarni ta’mirlash, modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dastur doirasida o‘tgan yilda bir qator muhim tadbirlar amalga oshirildi.

— Armiyani ilg‘or texnika, qurol-aslaha bilan ta’minlash, mavjud texnikani modernizatsiya qilishda katta qadam tashlandi, — deydi mudofaa vaziri A. Azizov. — Hozirgi zamon harbiy mojarolarining chuqur tahlilidan kelib chiqib, birinchi navbatda, harbiy havo kuchlarini rivojlantirish, havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash, maxsus operatsiyalar kuchlarini eng yangi texnika va aslaha bilan ta’minlash choralari ko‘rildi. Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik yuqori darajada yo‘lga qo‘yildi.?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют