» » Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam

Uzbek Tigers Toshkentdagi ishonchli g‘alabasiga qaramay guruhda so‘nggi o‘rinda. Astana Arlans yaqqol peshqadam


Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 3-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 4-mart kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Rossiyaning Patriot Boxing Team bokschilariga qarshi bahs olib bordi.

Boks kechasida o‘tkazilgan barcha vazndagi 5 uchrashuvda o‘zbekistonlik bokschilar Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Elnur Abduraimov (-64 kg), Isroil Madrimov (-75 kg), Zuhriddin Mahkamov (+91 kg) va Hasanboy Do‘stmatov (-49 kg) rossiyalik raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.

4-mart kuni, shuningdek, “С” guruhidagi ikkinchi juftlik – qozog‘istonning Astana Arlans va xitoyning China Dragons jamoalari kuch sinashdi. Unda qozog‘istonlik bokschilar 5:0 hisobida zafar quchdi.

“С” guruhi 3-turidan keyin Astana Arlans 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga alyanib oldi. Russian Patriot Team 4 ochi bilan 2-o‘rinda bormoqda. Toshkentda erishilgan dastlabki va ishonchli g‘alabaga qaramay, Uzbek Tigers 3 ochko bilan hozircha oxirgi – 4-o‘rinni egallab turidi. Xitoylik bokschilar o‘zaro janglarda Uzbek Tigers’dan ustun kelgani uchun O‘zbekiston jamoasidan yuqoriroqda joylashdi.

Estatib o‘tamiz, WSB doirasida Uzbek Tigers 2017-yil hisobidan uchta jang o‘tkazdi. Toshkentdagi g‘alabadan avval jamoa avvaliga Xitoyda China Dragons’dan 2:3 hisobida yengilgan bo‘lsa, keyinroq Qozog‘istonda Astana Arlans’ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

Ma’lumot uchun, Uzbek Tigers guruh bosqichi 4-tur bellashuvlarini 18-mart kuni Toshkentda China Dragons’ga qarshi o‘tkazadi. Astana Arlans esa o‘sha kuni ketma-ket uchinchi marta o‘z uyida jang qiladi. Qozog‘istonlik bokschilar Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi vakillarini qabul qiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 12:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют