» » Osiyo Kubogi—2019. Xitoy Filippinni mag‘lub etib, pley-offga chiqdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Xitoy Filippinni mag‘lub etib, pley-offga chiqdi (video)


11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “C” guruhidagi birinchi uchrashuv yakunlandi.

Ushbu bahsda Filippin termasi Xitoy terma jamoasiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

O‘yinning 40—66-daqiqalarida Li Vu Filippin darvozasiga 2 ta to‘p kiritib, dublga erishgan bo‘lsa (2:0), 80-daqiqaga kelib, Yu Dabao 3-golga mualliflik qildi.

Shu tariqa Xitoy terma jamaosi musobaqaning 2 turida g‘alabaga erishdi va guruhda 6 ochko to‘plab, pley-off yo‘llanmasini muddatidan avval qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ushbu guruhning ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tadi. Unda Janubiy Koreya termasi Qirg‘iziston terma jamoasini sinovdan o‘tkazadi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 2-tur

11-yanvar, juma

Gollar: 0:1 — 40 Li Vu, 0:2 — 66 Li Vu, 0:3 — 80 Yu Dabao.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют