» » O‘zbekiston Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida ishtirok etadi

O‘zbekiston Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida ishtirok etadi


O‘zbekiston hukumatining 2018-yil 8-dekabrdagi qaroriga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tashkil etildi. Bu haqda inspeksiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oldinroq, 2018-yil 12-noyabr kuni Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘rtasida Xalqaro talabalar bilimini baholash dasturida (PISA) ishtirok etish to‘g‘risida kelishuvga erishilgandi.

PISA tizimi o‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi — 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iborat. Ushbu loyihalar o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlari, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil qilishga undashdir.

Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan bo‘lib, har uch yilda bir marta o‘tkazib kelinadi. Birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, 43 ta mamlakatdan o‘quvchi yoshlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rgan. 2003-yilda 41, 2006-yilda 55, 2009-yilda 75, 2012-yilda 65, 2015-yilda 71 va 2018 yilda 78 ta mamlakatdan o‘quvchi yoshlar ishtirok etganini ko‘rish mumkin.

Dastur mamlakatdagi jami 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning 3 foizini qamrab oladi. Har 3 yilda bitta fan yunalishiga afzallik berilib, 2000-yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan holda o‘tkazilgan. Demak, uch yilda bir marotaba o‘tkazilishini inobatga oladigan bo‘lsak 2021-yilda matematik savodxonlikka urg‘u beriladi.

PISA dasturining asosiy maqsadi mamlakatlar ichida ta’lim siyosati sohasidagi qarorlar qabul qilishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Uch yillik sikllar davomida dasturni amalga oshirilishi esa o‘z navbatida mamlakatlarga o‘z vaqtida axborot berish, tegishli dasturlarning ta’sirini tahlil qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyatini yaratib beradi.

15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishini sababi esa ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tadi.

Ushbu dasturning mukammalligi shundaki, u butun dunyo bo‘yicha aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning bilim va ko‘nikma darajalarini o‘lchovchi yagona dastur bo‘lib xizmat qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют