» » Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vazirining 1-o‘rinbosari bo‘ldi

Ravshan G‘ulomov Iqtisodiyot va sanoat vazirining 1-o‘rinbosari bo‘ldi


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Botir Asadillayevich Xo‘jayev Iqtisodiyot vaziri lavozimidan ozod etildi va yangi tashkil etilgan Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Botir Xo‘jayev 2006—2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri sifatida ishlagan. 2005—2006-yillarda O‘zbekiston Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi, 2009—2011-yillarda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi, 2011-yil noyabrda Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan edi. U 2016-yil dekabrda Rustam Azimov o‘rniga Moliya vazirligiga rahbar etib o‘tkazilgan, 2017-yilning noyabridan buyon Iqtisodiyot vazirligini boshqarib kelayotgandi.

Shuningdek, Ravshan Ayubovich G‘ulomov vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Ravshan Ayubovich G‘ulomov turli yillarda Markaziy bank raisi birinchi o‘rinbosari (2001—2004), O‘zbekiston Milliy banki raisi birinchi o‘rinbosari va “Asaka” bank raisi (2004—2007), Moliya vaziri birinchi o‘rinbosari (2009—2010), Iqtisodiyot vaziri (2010—2012), Tashqi iqtisodiy aloqalar, savdo va investitsiya vaziri birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori sifatida ishlagan. U 2017-yilning aprelidan 2018-yilning avgust oyigacha Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi bo‘lgan, keyingi vaqtlarda Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentining mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi..



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют