» » Osiyo Kubogi—2019. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Janubiy Koreya Qirg‘izistonni mag‘lub etib, pley-offga yo‘l oldi (video)


11-yanvar, juma kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turining “C” guruhidagi ikkinchi bellashuv ham yakuniga yetdi.

Unda Qirg‘iziston terma jamoasi Janubiy Koreya termasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona gol 41-daqiqada kiritildi. Ushbu golga Janubiy Koreya termasi himoyachisi Min-Jae Kim mualliflik qildi.

Shu tariqa Janubiy Koreya terma jamoasi musobaqa guruh bosqichining 2-turida ham g‘alaba qozongan holda  pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhning dastlabki o‘yinida Xitoy Filippinni mag‘lubiyatga uchratib, pley-offga chiqqandi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 2-tur

11-yanvar, juma

Gol: 0:1 — 41 Min-Jae Kim.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-01-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют