» » Interyerdagi eskirgan usullar va ularning o‘rnini bosuvchi narsalar

Interyerdagi eskirgan usullar va ularning o‘rnini bosuvchi narsalar


Interyer modasi unchalik ham o‘zgaruvchan emas, ammo qandaydir ommabop dizaynerlik yechimi o‘z dolzarbligini yo‘qotgan bo‘lsa, bu uzoq davom etadi. Demak, eskirgan trendlar ro‘yxati bilan tanishing.

Biz uni nafis, yengil va universal deb atagandik, endi esa u… zerikarli ko‘rinadi.

O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Bir tusli interyerimizga yorqin va to‘q bo‘yoqlarni qo‘shamiz — oq fonda buni amalga oshirish oson. Shunda hech kim dizaynni mujmal deb atamaydi.

Biz bir paytlar och jigarrang divanlar va karamel rangidagi qahva stollarini sotib olganmiz, ammo neytral ranglar va oddiy shakllar haqida unutish vaqti keldi.

O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Dizaynerlik stolchalari, yorqin va katta divanlar, ko‘plab qulay pufiklarni sotib oling — interyer standart bo‘lishi kerak emas, shunday ekan, “xarakterli” buyumlarni qidiring.

Yoki mebel. “O‘z qo‘llaring bilan yasa” degan belgili barcha narsani o‘tmishda qoldiramiz.

O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Qo‘lda qilingan, ammo professionallar tomonidan bajarilgan buyumlar va bezaklar. Yoki chiroyli va sifatli fabrika buyumlari.

Bezaklardagi “yoqimli va aqlli” yozuvlarni unuting. Tez-tez ko‘z tushadigan matn asta-sekinlik bilan o‘z ma’nosini yo‘qotadi.

O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Kartinalar va abstrakt bezaklar. Shiorlar va iqtiboslarga qaraganda ulardan kamroq charchaysiz.

Ikkala material ham eskirgan va uyga xos shinamlikdan ko‘ra, turk hammomini eslatadi.

O‘rnini nima bilan almashtirish mumkin? Iliq tusli va jonli faktirali jilosiz plitka. Mozaika haqida anchadan buyon orzu qilasizmi? Uning vaqti keldi.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют