» » Aziz Abduhakimov “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinlandi

Aziz Abduhakimov “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinlandi


Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov lavozimini saqlab qolgan holda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.

U mazkur oliy ta’lim muassasasining birinchi rektori hisoblanadi.

Aziz Abduhakimov 2014—2017-yillarda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Undan avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.

U 2017-yil avgust oyida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi vazifasida ish boshladi.

2018-yilning may oyida Aziz Abduhakimov Bosh vazir o‘rinbosari — Turizm, ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlandi va ayni paytda shu yo‘nalishdagi faoliyatini davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti Prezidentning 2018-yil 28-iyundagi qarori asosida tashkil etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют