» » Osiyo Kubogi—2019. Eron bugun Vyetnamni sinovdan o‘tkazadi, Iroq esa Yaman bilan o‘ynaydi

Osiyo Kubogi—2019. Eron bugun Vyetnamni sinovdan o‘tkazadi, Iroq esa Yaman bilan o‘ynaydi


12-yanvar, shanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi 2-turi doirasida navbatdagi 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

“D” guruhining ilk o‘yini Vytenam va Eron terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.

“D” guruhining ikkinchi to‘qnashuvida Yaman terma jamoasi Iroq termasi bilan jang qiladi. O‘yin soat 18:30 da start oladi.

Shuningdek, “E” guruhida 2-turning birinchi uchrashuvi ham o‘tkaziladi. Unda Livan terma jamoasi Saudiya Arabistoni termasi bilan bahsga kirishadi. Bellashuv 21:00 da boshlanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, “E” guruhida 2-turning ikkinchi o‘yini 13-yanvar kuni KXDR va Qatar terma jamoalari o‘rtasida kechadi.

Osiyo Kubogi

2-tur bahslari

11-yanvar, juma

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют