» » Andijonlik ayol ikki yoshli qizini 18 mln so‘mga pullayotgan vaqtida qo‘lga olindi

Andijonlik ayol ikki yoshli qizini 18 mln so‘mga pullayotgan vaqtida qo‘lga olindi


2017-yil 27-fevral kuni Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Yangi bog‘ hududida o‘zining ikki yoshli farzandini sotayotgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Andijon viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmatiga tayanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

24 yoshli buloqboshilik ayol o‘zining 2015-yilda tug‘ilgan qizalog‘i uchun 20 million so‘m so‘radi. Tezkor tadbirga jalb qilingan yollanma “xaridor” avvaliga to‘qqiz million so‘m, bolaning hujjatlari tayyor bo‘lgach, yana to‘qqiz million so‘m berishini aytgach, qizchaning narxi 18 million so‘mga tushdi.

“Xaridor” sotuvchi ayolga shaxsini tasdiqlovchi birorta ham hujjati bo‘lmagan bu qizaloqni keyinchalik qo‘shni davlatga olib chiqib, u yerdagi qarindoshlariga berishini, tegishli hujjatlar ham u yerda rasmiylashtirilishini, shu bois farzandini boshqa ko‘ra olmasligini aytdi. Sotuvchi ona esa to‘qqiz million so‘mni sanay boshladi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida buloqboshilik ayol to‘qqiz million so‘mni sanab olayotgan vaqtida — jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Ayni paytda jinoyat qurboniga aylanishdan saqlab qolingan qizaloq viloyat mehribonlik uyiga belgilangan tartibda topshirilib, kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Uning onasiga nisbatan esa O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют