» » “Tottenhem” Keyn uchun “Real”dan 350 mln yevro talab qilmoqda

“Tottenhem” Keyn uchun “Real”dan 350 mln yevro talab qilmoqda


Madridning “Real” klubi yozgi transferlar vaqtida “Tottenhem” hujumchisi Harri Keynni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda AS xabar berdi.

Madridliklar dekabr oyida London klubiga ehtimoliy transfer masalasida taklif bilan chiqqan.

“Shporlar” 25 yoshli hujumchini mavsum oxirida 350 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qilgan.

“Real” rahbariyati Angliya klubi bu borada (narxni pasaytirish) fikrini o‘zgartiradimi yoki yo‘q, buni bilish maqsadida mavsum yakuniga qadar kutishni rejalashtirmoqda.

“Tottenhem” shu yilning mart oyida yangi stadionga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda.

Shundan so‘ng klub jamoaning eng yaxshi to‘purari transferi borasida so‘nggi qarorni qabul qiladi.

Ma’lumot uchun, Harri Keyn ushbu mavsum 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют