» » Farg‘onada harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi

Farg‘onada harbiy xizmatchilarga yangi uylar topshirildi


Farg‘ona shahrida harbiy xizmatchilar uchun 180 xonadondan iborat 6 ta ko‘p qavatli uy-joy qurilib, foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo”ga Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Farg‘ona viloyati hokimligi, keng jamoatchilik vakillari, harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Harbiylarga yangi xonadonlar kaliti tantanali topshirildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev so‘zga chiqib, yangi turar-joy binolariga ko‘chib o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni qutladi.

“Zamonaviy loyihalar asosida qurilgan uylar shinam. Ularda barcha qulayliklar yaratilgan. Mehmonxona, oshxona va boshqa yordamchi xonalar zamonaviy jihozlangan. Bu yerdagi qulayliklardan ayniqsa, turmush o‘rtog‘im va farzandlarim juda xursand. Eng muhimi, mazkur kvartira uzoq muddatga, imtiyozli ipoteka krediti asosida berilgani biz uchun katta g‘amxo‘rlikdir. Vatan oldidagi xizmat burchimizni sharaf bilan bajarish uchun bizga shunday sharoitlar yaratib berilayotganidan minnatdormiz”, – deydi serjant Jasurbek Ismoilov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-01-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют