» » Xitoy 2025-yilgacha asteroidga o‘z missiyasini yuboradi

Xitoy 2025-yilgacha asteroidga o‘z missiyasini yuboradi


Xitoy asteroidlar resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha koinot missiyalarini yuborishni 2025-yildan kech bo‘lmagan muddatda boshlaydi. Bu haqda Xitoy koinot texnologiyalari akademiyasi (CAST) vakili Ye Peyszyan ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Olimga ko‘ra, asteroidlarni tadqiq qilishga 2020-yilda Marsga mo‘ljallangan birinchi missiyadan keyin kirishiladi.

“Tegishli dastur tafsilotlari va vazifalari hali tasdiqdan o‘tishi lozim, biroq bu boradagi ishlarni boshlab yuborganmiz. Asteroidlarni o‘rganishni istaymiz, chunki ularda insoniyatning kelgusidagi taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan resurslar mavjud”, — deya ta’kidladi Ye Peyszyan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют