» » “Kesmoqchi emas, shunchaki butab qo‘ymoqchi edik”

“Kesmoqchi emas, shunchaki butab qo‘ymoqchi edik”


“Pravda Vostoka” nashri Toshkent shahridagi daraxtlarning kesilishi va shu kabi muammolar xususida maqola e’lon qildi. Maqola to‘lig‘icha berildi

Vaqt qarab turmaydi, ko‘z ochib-yumguncha bahor eshik qoqib, poytaxtda obodonlashtirish ishlarini boshlashga to‘g‘ri keladi. To‘g‘rirog‘i, ko‘chatlar, gullar o‘tqazish boshlanadi. Afsuski, o‘tgan yili ko‘p asrlar yashagan chinor va emanlarning kesib tashlanishi (aksariyat hollarda noqonuniy) borasida ko‘proq salbiy yangiliklar eshitdik. Ammo yuragim tubida baribir ular o‘rniga yangilari o‘tqazilib, muvozanat tiklanadi, degan o‘y ham yo‘q emasdi. Ilgarilab ketib aytamanki, bu o‘y o‘zini oqladi.

Bizni Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasida shahar hokimiyati tomonidan tuzilgan yuqoridagi ishlarning tayyor rejasi bilan tanishtirishganda hayratda qoldik. Ammo eng muhimi – uning mazmuni. Bizni quyuq shox-shabbasi bilan jaziramadan himoyalaydigan daraxtlar qaytmoqda. Havoni kislorod bilan boyitadigan biroq mahalliy iqlimga umuman moslashishi qiyin ignabargli daraxtlar kamroq ekilarkan. Poytaxtda 5 ming dona qrim qarag‘ayi ko‘chatini o‘tqazish rejalashtirilmoqda. 8 mingta eman ko‘chati ekilishi ham quvontiradi, 10 mingtagacha akatsiya daraxti o‘tqaziladi. Ekzotik daraxtlardan lola daraxti, yapon soforasi va boshqalar ekiladi.

Ta’kidlash joizki, yuqorida aytilgan ko‘chatlarning barchasi respublikamizda, shuningdek, gulchilik ko‘chatxonalarida hamda bunga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda yetishtirilmoqda.

Xullas, ushbu keng ko‘lamli ishlar megapolis sharoitida unutilmasligiga juda ishongimiz keladi. Bunda ularni yashirincha kesib tashlashlar nazarda tutilmoqda.

Bunday holatlar ko‘p bor OAVda yoritilgan. So‘nggi marta ularning eng shovqinlisi qo‘lida ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lgan quruvchining manfaati sabab Asaka ko‘chasida o‘sgan emanlarning kesib tashlanishi bo‘ldi... Chilonzorning 18-mavzesidagi ajoyib chinor ham kesib tashlandi. Issiqlik trassasini olib o‘tish kerak bo‘lgan yo‘lda chinor o‘sib turgandi. Trassani uni aylantirib olib o‘tishlari ham mumkin edi, biroq uni kesib tashlashdi.

Bunday holatlar juda ko‘p. Yaqinda shaxsan o‘zim ham ana shunday ishning guvohi bo‘ldim. Chilonzor tumanining 19-kvartalida butash ishlari olib borilayotgan ekan. Ammo u yerda ishlayotganlarning xatti-harakatidan uni butunlay kesib tashlashmoqchi bo‘layotgani sezilib turardi. Dastlab, daraxt tanasi yiqiladigan maydonni tayyorlashdi, uzib yubormasligi uchun simyog‘ochlardagi elektir energiyasi uzatiladigan simlar olindi. «Pravda Vostoka» muxbiri va o‘sha atrofda yig‘ilganlar ulardan bunga tegishli hujjatlari (masalan, Davlat ekologiya qo‘mitasining chinorni kesish haqidagi dalolatnomasi) bor-yo‘qligini so‘rashdi. Yo‘q ekan.

Ko‘tarma kran yordamida kesuvchini arra bilan tepaga ko‘tarayotganda nima ham qilish mumkin? Cho‘ntakdan telefonni olib, jarayonni tasvirga tushirish, xolos. Kutilmaganda mo‘jiza ro‘y berdi! Birdan daraxtni kesish fikridan qaytishdi. Keyin kameraga qarab, bunday qilmoqchi emasliklarini, shunchaki daraxtni butab qo‘ymoqchi bo‘lishganini aytishdi.

Bu borada hammasi yomon emas, albatta, bunga ijobiy misollar ham ko‘p. Masalan, poytaxtda bitta kafe qurilishida ko‘p asrlik daraxtni qurilish bilan uyg‘unlashtirishning uddasidan chiqishgan. Bu kafega tashrif buyuruvchilarning ham ko‘zini quvontiradi. Davlat amaliy san’at muzeyi hududidagi ikki asrdan ko‘proq vaqtdan beri o‘sayotgan eman ham saqlab qolingan.

Darvoqe, poytaxt aholisi va boshqalar e’tiboriga ham bir gap: agar qandaydir guruhning biror daraxtni kesishmoqchi bo‘layotganini ko‘rsangiz, bunga ruxsat beruvchi hujjatlari bor-yo‘qligini so‘rashga haqlisiz.

Bir qarashda hammasi yaxshidek, faqat tegishli muassasada ana shu doiraga sig‘maydigan birorta aniq misol keltira olishmadi. Ya’ni bu, bizda daraxtlarni noqonuniy kesishlar yo‘q, deganimi? Masalan, Obodonlashtirish bosh boshqarmasida daraxtlar orasida qurilgan do‘kon suratini ko‘rsatishdi. Ulardan biri esa qariyb devor orasida qolib ketgan. Endi savdo do‘koni egasi xalaqit berayotgan daraxtni arralab tashlash uchun ruxsat berishlarini so‘ramoqda. Balki do‘kon uchun joy ajratish chog‘i bu holatlarni ham hisobga olish lozimdir? Bu kabi savollarga boshqarma xodimlari tahririyatning shunday axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi rasmiy xati bo‘lmasa, javob berishdan bosh tortishdi. Ba’zilari hatto, yelka qisib: “Qurilish maydonida shunday vaziyat yuzaga kelsa, nimayam qilish mumkin? Arralab tashlashdan o‘zga..., deyishdi ham. Qahramonlarimiz o‘z ism-shariflarini aytishdan bosh tortishdi. Savollar yozilgan rasmiy xatni jo‘nating, o‘shanda hammasiga javob olasiz, deganday. Xullas, qog‘ozsiz, suhbat ham o‘xshamadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют