» » Namangandagi bayram tadbiriga askar onalari taklif etildi

Namangandagi bayram tadbiriga askar onalari taklif etildi


Namangan viloyati hokimligi, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, mudofaa ishlari boshqarmasi hamda boshqa davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligibermoqda Yoshlar markazida askar onalari ishtirokida tantanali marosim o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirga taklif etilgan, ayni paytda armiya safida yigitlik burchini o‘tayotgan askarlarning onalariga izzat-ikrom ko‘rsatilib, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

— O‘g‘lim Mansurjon Navoiy viloyatida yigitlik burchini o‘tamoqda, — deydi shunday onalardan biri M.Jo‘rayeva. — Hozir bu yerda farzandim sha’niga aytilgan iliq so‘zlardan juda to‘lqinlanib ketdim. O‘g‘lim xizmat qilayotgan harbiy qism komandirining tashakkurnomasi bilan taqdirlanishim ko‘nglimni ko‘tardi.

Viloyat hokimining o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Irodaxon Qo‘chqorovaga ko‘ra, bu kabi tadbirlar nafaqat yoshlar, balki ota-onalar uchun ham katta rag‘bat vazifasini o‘taydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют