» » La Liga. “Real”, “Barselona”, “Atletiko” va “Sevilya” bugun o‘ynaydi (anons)

La Liga. “Real”, “Barselona”, “Atletiko” va “Sevilya” bugun o‘ynaydi (anons)


13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 19-tur bahslari doirasida navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida Ispaniya Kubogi 1/8 finalida “Barselona”ni mag‘lub etgan “Levante” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

Musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotgan “Sevilya” jamoasi esa “Atletik Bilbao” maydoniga safar qiladi. O‘yinga 22:30 da start beriladi.

La Liga jadvalini boshqarib borayotgan Ernesto Valverde qo‘l ostidagi “Barselona” klubi “Kamp Nou” stadionida “Eybar” jamoasini sinovdan o‘tkazadi. To‘qnashuv 22:30 da boshlanishi belgilangan.

Shu kuni Santyago Solari boshqaruvidagi “Real Madrid” jamoasi mehmonda “Betis”ga qarshi jang qiladi. O‘yin tunggi vaqt bilan 00:45 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” La Liga jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

La Liga

19-tur bahslari

13-yanvar, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 90) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют