» » AQShda xususiy uyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida ayol va uning to‘rt bolasi halok bo‘ldi

AQShda xususiy uyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida ayol va uning to‘rt bolasi halok bo‘ldi


AQShning Massachusets shtati Uorvik shahridagi ikki qavatli xususiy uyda kelib chiqqan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Boston Globe xabar bermoqda.

Yong‘in 4-mart kuni mahalliy vaqt bilan 12:45 (Toshkent vaqti bilan 22:45)da sodir bo‘ldi. Alanga oshxonada kelib chiqdi va butun uy bo‘ylab tarqaldi. Natijada uy deyarli butunlay yonib ketdi. Baxtsiz hodisa oqibatida ayol va uning to‘rt farzandi halok bo‘ldi. Ota va yana bir farzand yong‘in vaqtida ko‘chaga chiqishga ulgurdi.

Halok bo‘lganlarning yoshi haqida ma’lumot berilmagan. Bo‘lib o‘tgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi.

Uorvik Massachusets shtatining shimoliy qismida joylashgan, aholisi qariyb 800 kishini tashkil etadi. Shahar ichida gidrant – o‘t o‘chirish uchun o‘rnatiladigan maxsus quvurlar yo‘q. Shu sababli o‘t o‘chiruvchilar suvni voqea joyidan qariyb 1 kilometr uzoqlikdan olib keldi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют