» » O‘zbekiston—Turkmaniston. Uchrashuv oldidan statistika nima deydi?

O‘zbekiston—Turkmaniston. Uchrashuv oldidan statistika nima deydi?


Bugun, 13-yanvar kuni BAAda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasi 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahs olib boradi.

O‘FA matbuot xizmati o‘yindan oldin terma jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Turkmanistonga qarshi 9 ta o‘yinda maydonga tushgan. Shulardan 7 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, 1 ta o‘yinda durang qayd etilgan va 1 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan.

Turkmaniston ayni paytda FIFA reytingida 127-o‘rinda bormoqda. OFK reytingida esa 25-pog‘onani egallab turibdi. Turkmaniston Osiyo Kubogi—2019 dan o‘rin olgan dastlabki uchrashuvda Yaponiyaga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют