» » Ukraina BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini bekor qilish taklifi bilan chiqdi

Ukraina BMT Xavfsizlik kengashida veto huquqini bekor qilish taklifi bilan chiqdi


RF Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qo‘mitasi a’zosi Sergey Sekov Ukrainaning BMT Xavfsizlik Kengashidagi veto huquqini bosqichma-bosqich bekor qilish tashabbusi bilan chiqishini sharhlar ekan, bu bilan Kiyev o‘zining ahamiyatini namoyish etishga urunayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.

Senator ilgari ham Ukraina Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi ishlariga aloqador bo‘lgan turli takliflarni ilgari surganini eslatdi. “Tabiiyki, bunga hech kim quloq solmagan”, — deydi Sekov.

Davlat Dumasi deputati Viktor Vodolatskiy, o‘z navbatida, Ukraina vakillarining bunday bayonotlari AQSh Davlat Departamenti topshirig‘i bilan Rossiyani obro‘sizlantirish maqsadida amalga oshirilayotganligiga ishonadi.

Avvalroq, Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Vladimir Yelchenko Xavfsizlik Kengashida veto huquqini bekor qilish zarurligini ma’lum qilgandi. Veto huquqi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari Rossiya, AQSh, Xitoy, Fransiya va Buyuk Britaniya tomonidan qo‘llanilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют