» » Ra’no Shodiyeva Samarqandda oyog‘ida rasm chizadigan qiznikida mehmon bo‘ldi

Ra’no Shodiyeva Samarqandda oyog‘ida rasm chizadigan qiznikida mehmon bo‘ldi


Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Birlashuv mahallasida yashovchi 18 yoshli Zuhra Usmonova oyog‘ida rasm chizadi. Bu haqda “Zarnews” xabar bermoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan “Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi" rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ra’no Shodiyeva yosh rassom xonadonida bo‘ldi.

“Imkoniyati cheklangan bolalar doimiy parvarish va e’tiborga muhtoj, — deydi Ra’no Shodiyeva. — Ammo ularning iqtidorlarini doimiy qo‘llab-quvvatlash kerak. Bu yo‘lda markaz tizimli ishlarni olib boryapti”.

Zuhraning hozirgacha 50 ga yaqin natyurmort, portret, erkin ijodiy asarlari bor. Markaz rahbari yana ko‘plab imkoniyati cheklangan payariqlik yoshlar xonadonida bo‘lib, ular bilan ham dildan suhbatlashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют