» » Toshkent shahrida 5915 ta korxona umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tdi

Toshkent shahrida 5915 ta korxona umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tdi


Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasida shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda soliq tizimidagi o‘zgartirishlarga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Unda poytaxtda faoliyat yuritayotgan salqin ichimliklar, qandolat, sut hamda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari va bosh hisobchilari ishtirok etdi. Bu haqda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xabar berdi.

Tadbirda Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i N.Tursunov hamda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari A.Po‘latov Prezidentning 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni asosida tadbirkorlik sub’ektlariga berilayotgan imkoniyatlar va 2019-yildan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

Ma’lumki, joriy yildan boshlab, yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari umumbelgilangan soliq to‘lovi tizimiga o‘tmoqda. Ayni paytda Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yillik aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan 5915 ta subyekt qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Seminarda ishtirokchilarga salqin ichimliklar, qandolat, sut hamda go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash, to‘lash hamda hisobotlarni topshirish tartiblari ko‘rgazmali vosita hamda slaydlar yordamida tushuntirildi.

Muloqot jarayonida qayd etilganidek, bugun soliq xizmati organlari tekshiruvchi emas, xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylanmoqda. Xususan, Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining 220 nafardan ziyod malakali xodimlari har kuni joylarga chiqqan holda umumbelgilangan soliq to‘lovi tizimiga o‘tayotgan korxonalar rahbar va bosh hisobchilari bilan muloqot o‘tkazmoqda. Ularning muammolari o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatilishi barobarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha tushuntirishlar berilmoqda.

Bundan tashqari, umumbelgilangan soliq to‘lovi tizimiga o‘tayotgan tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Telegram ijtimoiy tarmog‘ida sahifalar ochilib, 5000 dan ortiq soliq to‘lovchilarni qiziqtirgan savollarga aniq va tezkor javoblar berilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют