» » La Liga. “Real”, “Barselona” va “Atletiko” yutdi, “Sevilya”da esa mag‘lubiyat (video)

La Liga. “Real”, “Barselona” va “Atletiko” yutdi, “Sevilya”da esa mag‘lubiyat (video)


13-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 19-tur doirasida navbatdagi uchrashuvlar nihoyasiga yetdi.

Madridning “Atletiko” klubi o‘z maydonida “Levante” jamoasi bilan bellashdi va kichik hisobdagi g‘alabani ilib ketdi (1:0).

O‘yindagi yagona golga “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann mualliflik qildi. U 11 metrlik jarima zarbasida raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.

Ushbu turda “Sevilya” klubi “Atletik Bilbao” uyiga safar qildi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning 23—84-daqiqalarida mezbon jamoa a’zosi Inyaki Uilyams “Sevilya” darvozasiga 2 ta to‘p kiritib, dublga erishdi. Bellashuv “Atletik Bilbao”ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ernesto Valverde boshliq “Barselona” klubi o‘z uyida “Eybar” jamoasi bilan bahsga kirishdi va yirik hisobda g‘alaba qozondi (3:0).

1-bo‘limning 19-daqiqasida Luis Suares va Filippe Koutinyo juftligi devor uslubida kombinatsiya uyushtirdi va natijada urugvaylik hujumchi raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0).

2-bo‘limning 53-daqiqasiga kelib, Leonel Messi Luis Suares uzatgan to‘pni “Eybar” darvozasiga joylab qo‘ydi (2:0). Oradan 6 daqiqa o‘tib, Luis Suares jamoasining 3-goliga mualliflik qildi va dublga erishdi.

Shu tariqa uchrashuvda “Barselona” jamoasi “Eybar” ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Madridning “Real” klubi “Betis” mehmoni bo‘ldi va qiyin kechgan o‘yinda “Qirollik klubi”ning qo‘li baland keldi (1:2).

Uchrashuvning 13-daqiqasida Luka Modrich mehmon jamoa himoyachisiga tegib qaytgan to‘pni ajoyib tarzda darvoza to‘riga joylab qo‘ydi va hisobni ochdi (0:1).

2-bo‘limning 67-daqiqasida Jovani Lo Chelso uzatmasini “Real” sobiq o‘yinchisi (2010/2012) Serxio Kanales golga aylantirdi (1:1).

Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 2 daqiqa qolganda Dani Sebalyos jarima zarbasidan “Betis” darvozasini aniq nishonga olib, yakuniy nuqtani qo‘ydi va o‘yin qahramoniga aylandi (2:1).

La Liga

19-tur bahslari

13-yanvar, yakshanba

Gol: 1:0 – 57 Grizmann.

Gollar: 1:0 – 23 Uilyams, 2:0 – 84 Uilyams.

Gollar: 1:0 – 19 Suares, 2:0 – 53 Messi, 3:0 – 59 Suares.

Gollar: 0:1 – 13 Modrich, 1:1 – 67 Kanales, 1:2 – 88 Sebalyos.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют