» » Samarqanddagi uchrashuvda Hindiston Afg‘onistonga 3 mlrd dollarlik yordam ko‘rsatishi bildirildi

Samarqanddagi uchrashuvda Hindiston Afg‘onistonga 3 mlrd dollarlik yordam ko‘rsatishi bildirildi


Samarqandda bo‘lib o‘tgan “Hindiston — Markaziy Osiyo” muloqotining ikkinchi sessiyasi boshida Hindiston tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj mamlakat Afg‘onistonga rivojlanish uchun 3 milliard dollarlik yordam ko‘rsatishini bildirdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

“Tinchlik va barqarorlikni saqlash yo‘lida umumiy manfaatlarimiz bor. Hindiston demokratik, tinch va barqaror davlat qurish jarayonida Afg‘oniston xalqi va hukumatini qo‘llab quvvatlaydi. Biz Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish va yarashishga qaratilgan barcha sa’y-hakatlarni qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Svaraj.

Vazirga ko‘ra, ulkan insoniy, iqtisodiy va moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan Hindiston bilan hamkorlik Afg‘onistonning ko‘plab muammolarini hal qilish, ayniqsa infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda samarali bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют