» » Eronda qulagan samolyotning bort muhandisi tirik qoldi

Eronda qulagan samolyotning bort muhandisi tirik qoldi


Bugun, 14-yanvar kuni Eronning Tehron shahrida halokatga uchragan Boeing 707 samolyotining bort muhandisi halokat oqibatida omon qolgan yagona inson bo‘ldi, deb xabar berdi “TASS”.

Havo kemasi bortida hammasi bo‘lib 16 kishi bo‘lgan. Qutqaruvchilar samolyot bo‘laklari ostidan yetti kishining jasadini olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Bortdagi qolgan sakkiz kishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Avvalroq, PressTV telekanali halokatga uchragan samolyot uchuvchilari omon qolgani haqida ma’lum qilgan edi. Keyinroq esa uchuvchilarning barchasi halok bo‘lgani haqida xabar berildi.

Layner Bishkekdan Tehrondan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Kerej shahrining Payyam aeroportiga uchayotgan edi.

Samolyot xatolik tufayli Kerej shahridagi boshqa aeroportga qo‘nmoqchi bo‘ldi. Shu paytda Boeing 707 aeroport devoriga urildi va turar joylar qurilayotgan hududga sirpanib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют