» » “Monako” “Chelsi”ning yana bir o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Monako” “Chelsi”ning yana bir o‘yinchisini o‘z safiga qo‘shib oldi


“Monako” vitse-prezidenti Vadim Vasilyev “Chelsi” hujumchisi Mishi Batshuayining knyazlik klubiga ijara asosida o‘tganini tasdiqladi. Bu haqda Canal+ xabar berdi.

Rossiyalikning so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli belgilayik futbolchi bilan tuzilgan kelishuvdan ikki tomon, bundan tashqari Batshuayi joriy mavsum birinchi davrasini o‘tkazgan “Valensiya” klubi ham manfaatdor bo‘lgan.

Hujumchi “Monako” klubi bosh murabbiyi Tyerri Anri bilan Belgiya terma jamaosida birga ishlagan. Mutaxassis terma jamoada Roberto Martines assistenti sifatida faoliyat olib borgandi.

Ma’lumot uchun, Mishi Batshuayi ushbu mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 1 ta golga mualliflik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют