» » “Real” so‘nggi sakkiz yildagi eng yomon natijalaridan birini qayd etdi

“Real” so‘nggi sakkiz yildagi eng yomon natijalaridan birini qayd etdi


13-yanvar, yakshanba kuni La Liga 19-tur doirasida Madridning “Real” klubi safarda “Betis” ustidan g‘alabaga erishdi (2:1).

La Liga rasmiy sayti bergan ma’lumotga ko‘ra, “Qirollik klubi” uchrashuv davomida to‘pga 26,3 foiz egalik qilgan. Mezbon “Betis” jamoasida esa bu ko‘rsatkich 73,7 foizni tashkil qilgan.

Bu “Real”ning so‘nggi 8 yillikdagi eng yomon natijasi bo‘ldi. Jamoa 2011/12-yilgi mavsumda “Barselona”ga qarshi bahsda uchrashuvning atigi 23 foiz vaqtini to‘p bilan o‘tkazgandi. O‘shanda “Real”ni Joze Mourinyo, “Barselona” esa Pep Gvardiola boshqarar edi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “qaymoqranglilar” musobaqa jadvalida 4-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. Ularning hisobida 33 ochko mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют