» » Fotogalereya: Hissiyotlarini yashirmagan mamlakat yetakchilari yoki siyosatchilar ham yig‘laydi

Fotogalereya: Hissiyotlarini yashirmagan mamlakat yetakchilari yoki siyosatchilar ham yig‘laydi


Davlat yetakchilari hissiyotlarini oshkor etishi kamdan-kam uchraydi, biroq ba’zida shunday ham bo‘lib turadi. “RBK” siyosatchilarni yig‘lashga undagan holatlar fotojamlanmasini taqdim etdi.

2012-yil 4-mart kuni Vladimir Putin uchinchi muddatga Rossiya prezidenti etib saylandi. Ertasiga Moskvadagi Manej maydonida bo‘lib o‘tgan mitingda Putin his-hayajonini yashirolmadi. Keyinchalik u ko‘z yoshlarini kuchli shamol bilan izohlagandi.

AQSh prezidenti Barak Obama 2016-yil 5-yanvarda qurol haqidagi yangi qonunni joriy etishga bag‘ishlangan chiqishida “Sendi Xuk” maktabida o‘ldirilgan 20 nafar o‘quvchini eslab, 2017-yil 11-yanvarda esa xayrlashuv marosimidagi nutqida turmush o‘rtog‘i Mishelga minnatdorlik bildirayotganida yig‘lab yubordi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II omma oldida hissiyotlarini kamdan-kam namoyish etadi, biroq 2016-yil 17-may kuni Lankaster gersogi polkining halok bo‘lgan askarlarini sharaflash marosimida o‘zini tutib turolmadi.

Afg‘oniston prezidenti Hamid Karzay 2010-yil 27-sentabrda millatga telemurojaati chog‘ida mamlakatdagi zo‘ravonlik darajasi haqida gapirayotganda yig‘lab yubordi.

Braziliya prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva 2009-yil 2-oktabrda Rio-de-Janeyro 2016-yilgi Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joy sifatida e’lon qilinganidan so‘ng quvonchdan ko‘z yoshlarini tiya olmagandi.

Kichik Jorj Bush 2007-yil 11-yanvarda, Iroqda xizmatdoshlarini qutqarish uchun granata ustiga o‘zini otgan dengiz piyodachisi Jeyson Danemni sharaflash marosimida yig‘lab yuborgandi.

Germaniya kansleri Gerxard Shryoder lavozimini tark etishidan 3 kun avval bundesver askarlari tomonidan o‘tkazilgan kuzatish marosimida o‘zini tiyib turolmadi.

Britaniya OAVlari 1990-yil noyabrida mamlakat bosh vaziri, “temir xonim” deya nom olgan Margaret Tetcher Dauning-strit ko‘chasidagi qarorgohini tark etayotganida ko‘zlari yoshga to‘lgani aks etgan fotolarni e’lon qilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют