» » Namanganda fermer xo‘jaligi rahbarining 22 yoshli o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi

Namanganda fermer xo‘jaligi rahbarining 22 yoshli o‘g‘li o‘z joniga qasd qildi


9-yanvar kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida joylashgan fermer xo‘jaligi rahbarining 22 yoshli o‘g‘li o‘z uyining molxonasiga o‘zini osdi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Bosh prokuratura matbuot xizmati yigitning o‘z joniga qasd qilgani sababi noma’lum ekanligini bildirgan.

Hodisa joyini tuman prokurori, prokuratura va tuman IIB tergovchilari borib ko‘rgan. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, tergovga qadar surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.

Kosonsoy tuman ichki ishlari bo‘limi xodimlarining ma’lum qilishicha, marhum o‘sha kuni hokimiyatdagi majlisda otasining o‘rnidan qatnashgan. Qishloq xo‘jaligi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishni tuman IIB rahbari o‘tkazgan.

“Ozodlik” radiosi tumanda yashovchi fuqarolardan biriga asoslanib yig‘ilishda fermer va uning o‘g‘liga nisbatan “qo‘pol so‘zlar” ishlatilgani haqida xabar bergan.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, yig‘ilishda yigitga hech kim tazyiq o‘tkazmagan va qo‘pol muomalada bo‘lmagan. Hokimiyatdagi majlisdan u yaxshi kayfiyatda qaytgan. Uning nima sababdan joniga qasd qilgani ota-onasiga noma’lum, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют