» » O‘zbekistonda “Hurriyat” mustaqil gazetasining chiqmay qolganidan tashvish bildirilmoqda

O‘zbekistonda “Hurriyat” mustaqil gazetasining chiqmay qolganidan tashvish bildirilmoqda


Yangi yilning birinchi oyi yarimlab qoldiki, ammo “Hurriyat” mustaqil gazetasi shu paytgacha chop etilgani yo‘q. “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev bu holatdan tashvish bildirgan.

“Hurriyat” — mustaqillik mevasi. Bu gazetani nashr etish to‘g‘risidagi hukumat qarorida uni muntazam chiqarish, keyinchalik rus va ingliz tillarida ham chop etish, mamlakatda kechayotgan demokratik jarayonlarning xolis ko‘zgusiga aylantirish ko‘zda tutilgan edi. Yangi nashrning nishona soniga katta umid bilan imzo chekkan muharrir sifatida bugungi holatdan boshqalarga nisbatan ko‘proq tashvishga tushayotganimning sababi shunda.

O‘tgan yigirma yildan ortiq vaqt ichida “Hurriyat” o‘z oldiga qo‘yilgan murakkab vazifani bajarish yo‘lida ko‘p ishladi, yaxshi natijalarga erishdi, tanqidiy-tahliliy maqolalari, jurnalistik surishtiruvlari, topilma ruknlari bilan mamlakatning o‘qiladigan (shunchaki varaqlab qo‘yiladigan emas), taxlam qilib saqlab qo‘yishga arzirli gazetalaridan biriga aylandi. Gazetaning ko‘psonli muxlislari bilan birga, qalami o‘tkir, so‘zi jur’atli, nigohi zukko mualliflari ham paydo bo‘ldi. Bugun milliy jurnalistika, ijtimoiy publitsistika va boshqa janrlarning ko‘zga ko‘ringan vakillari bo‘lmish ko‘plab faol mualliflarning eng sara maqolalari, ocherk va esselari ayni shu gazetada bosilgan.

Keyinga olti-yetti oy ichida gazeta o‘zining jur’atli yo‘lini yanada mustahkamladi, ichki va tashqi qiyofasini o‘zgartirdi. Mavzularining qamrovi kengaydi. Bundan hamma xursand bo‘lib turganida 2019-yilgi obunani tashkil etishdagi ba’zi anglashilmovchiliklar ishning beliga tepdi. Birgina “Hurriyat”chilarga emas, hammamizga tegishli saboq bu! Negaki, gazetxonning ham, jurnalxonning ham didi, talabi oshib bormoqda. Eski andozalar, amal kursisini qimirlatib qo‘yishidan cho‘chib, har jihatdan silliqlangan, tish-tirnog‘i olingan, pati yulingan, o‘qisa ham, o‘qimasa ham bo‘laveradigan maqolalar bilan ish bitmaydi.

Yozma matbuot faqat shu fazilatlari bilangina yashab qoladi, qolganlari safdan chiqadi. Umrining ko‘p va xo‘b yillarini ortiqcha ehtiyotkorlik bilan o‘tkazayotgan hamkasblarim buni, kech bo‘lmay turib, tushunib olishlarini xohlardim.

“Hurriyat” — hammamizga birday tegishli, birday qadrdon, milliy matbuotimiz ro‘yxatini nomi bilan ham, mazmuni bilan ham bezab turgan gazeta. Uning taqdiriga befarq qarab tura olmaymiz. Unga yordam qo‘lini cho‘zaylik. Bugun O‘zbekiston adolatli ijtimoiy siyosati, yaxshi qo‘shnichiligi, bag‘rikengligi, ilm-fani, madaniyat va san’ati, sporti, tinch-totuv hayoti bilan dunyoga chiqmoqda. Bu ro‘yxatga erkin matbuot ham qo‘shilishi uchun qalamlarimizni qayraylik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют