» » “Kasallik sabr qilishni o‘rgatdi”. Leykozga chalingan ayol hikoyasi

“Kasallik sabr qilishni o‘rgatdi”. Leykozga chalingan ayol hikoyasi


Toshkentdagi gematologiya shifoxonasida davolanib kelayotgan 1986-yilda yilda Toshkent shahrida tavallud topgan Dilnoza Rasulova ayni paytda moddiy yordamga muxtoj.

Unga 2018-yilning mart oyida limfoblastli leykoz tashxisi qo‘yilgan.

Dilnoza oila a’zolari va qarindoshlari yordami bilan davolash muolajalarini olib kelayotgan edi. Biroq 7-kursda kasallik qaytalangan. Hozirda oila juda qiyin ahvolda. Dilnozaning ikki farzandi bor.

“Shifokorlarni fikricha, qanday va nima sababdan kasallik qaytalanganini aniqlash uchun  ilik namunasini Rossiya yoki Hindistonga yuborish kerak ekan. Kelgan tahlil javoblariga qarab, shu markazda yoki Hindistonga borib davolanishim ma’lum bo‘ladi.

Ilik namunasi yuborish narxi 500 AQSh dollarini tashkil etarkan.Hindistonga analizlarimni yuborishim , agarda u yerga borib davolanish zarur bo‘lsa, davolanib kelishim uchun esa moddiy tomondan imkonimiyatimiz yo‘qligi to‘sqinlik qilib kelmoqda.

Tuzalsam o‘zimga o‘xshagan insonlarga yordam beraman. Farzandlarim uchun yashashim kerak. Kasallikdan sabr qilishni o‘rgandim. Kuch va sabr bo‘lmasa bu kasallik sizni yengar ekan. Hech kimga ravo ko‘rmayman. Orzularim ko‘p. Farzandlarimni elga xizmat qiladigan inson qilib tarbiyalash eng buyuk maqsadim. Agar yaxshi insonlar menga imkon qadar xolis moddiy yordam berishsa, umrimning so‘ngiga qadar ularni duo qilib o‘taman”, — deydi bemor Dilnoza Rasulova.

Azizlar, tinimsiz og‘riqlar azobiga sabr ila bardosh berayotgan Dilnozaga imkon qadar yordam qo‘limizni cho‘zaylik. Yordamimiz bilan bir insonning umrini saqlab qolishimiz mumkin. Alloh qilgan yaxshiligimizning ajrini, albatta, beradi.

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun ma’lumotlar:

Bemor Dilnoza Rasulovaning nomiga ochilgan plastik karta raqamlari:

Click/PayMe: 8600 0417 7697 7051 (Agrobank)

Xorijdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun onasini pasport ma’lumotlari:

Shohida Rasulova Temirovna (Dilnozaning onasi) 

Pasport raqami: AB 9923377

Dilnoza opaning telefon raqami: +99899 865 65 42



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют