» » “Chiroyli” avtomobil raqamlar savdosi davlatga 115 mlrd so‘m olib keldi

“Chiroyli” avtomobil raqamlar savdosi davlatga 115 mlrd so‘m olib keldi


Chiroyli avtomobil raqamlari savdosi davlat budjetiga 115 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ olib keldi. Bu haqda “Spot” xabar berdi.

Dastlabki 11 oyda O‘zbekiston Respublika tovar xomashyo birjasining onlayn-auksioni orqali umumiy qiymati 105,7 milliard so‘m bo‘lgan 20 778 avtoraqam sotilgan. Bitta kelishuvning o‘rtacha qiymati 5,1 million so‘mni tashkil qilgan. Dekabrda qiymati 10 milliard so‘m bo‘lgan yana ikki mingdan ortiq avtoraqam sotilgan.

“Chiroyli” avtomobil raqamlarini auksion orqali sotish 2017-yilning sentabrida boshlangan bo‘lib, yil natijalari bo‘yicha savdo hajmi 27,6 milliard so‘mni tashkil qilgan.

Avtomobil raqamlarini sotish bo‘yicha kelib tushayotgan mablag‘larning 80 foizi davlat budjetiga, 20 foizi — IIV xodimlarini moddiy rag‘batlantirish hamda boshqa harajatlarni qoplash maxsus moddiy-texnik bazasi fondiga kelib tushadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют