» » O‘zbekiston velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonlik velopoygachilar Indoneziyaning Jakarta shahrida trek bo‘yicha Osiyo chempionatida 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Daryo”ga Velosport federatsiyasi xabar berdi.

O‘zbekiston terma jamoasi Jakarta shahrida 8-yanvardan 13-yanvargacha bo‘lib o‘tgan velosport bo‘yicha Osiyo chempionatida bitta oltin, ikkita kumush va to‘rtta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Ushbu chempionat O‘zbekiston velosporti tarixida eng muvaffaqiyatli va natijali bo‘ldi.

Musobaqalarning birinchi kuni yakunlariga ko‘ra, Olga Zabelinskaya ochkolar bo‘yicha guruhdagi poygalarda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Keyingi kunda yakkalik vaqt poygasida Zabelinskaya kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shu kuni Yanina Kuskova yuniorlar o‘rtasida yakkalik vaqt poygasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, Yanina Kuskova ochkolar bo‘yicha guruhli poygada kumush medalini qo‘lga kiritdi. Yanina Kuskova (2001-yilda tug‘ilgan) Osiyo chempionatida birinchi marta ishtirok etmoqda.

Chempionatning to‘rtinchi kuni Zabelinskaya “omnium” poygasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют