» » Moskva politsiyasi aeroportlarga bomba qo‘yilgani haqida xabar oldi

Moskva politsiyasi aeroportlarga bomba qo‘yilgani haqida xabar oldi


Moskva politsiyasi 14-yanvar kuni “Sheremetevo”, “Vnukovo”, “Domodedovo” va “Jukovskiy” aeroportlariga bomba qo‘yilgani haqida xabar olgan. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Vnukovo matbuot xizmatidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘ng‘iroqdan keyin aeroport maxsus xizmatlar hamda kinologlar bilan birgalikda tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Hozirda aeroport odatiy rejimda ishlamoqda, evakuatsiya amalga oshirilmagan.

“Domodedovo” aeroportida ham xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilgan. “Sheremetevo” va “Jukovskiy” aeroporti mazkur holatni izohlamagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют