» » Nobel mukofoti sovrindori qora tanlilarning aqlini shubha ostiga qo‘ygani uchun faxriy unvonlaridan mahrum etildi

Nobel mukofoti sovrindori qora tanlilarning aqlini shubha ostiga qo‘ygani uchun faxriy unvonlaridan mahrum etildi


DNK sohasidagi kashfiyotlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik olim Jeyms Vatson irq va aql o‘rtasidagi bog‘liqlik haqidagi janjalli bayonotlari sababli barcha faxriy unvonlaridan mahrum etildi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Mashhur biolog teleko‘rsatuv orqali genlar yevropa va negroid irqiga mansub vakillarning o‘rtacha IQ darajasiga ta’sir qilishi haqidagi masalani ko‘targan.

Uotsonning fikrlarini u ilgari rahbarlik qilgan Cold Spring Harbour laboratoriyasi yolg‘on va mutlaqo o‘ylanmagan deb baholagan.

90 yoshli olim, ilgari ham bunday taxminlarni ilgari surgan.

Xususan, 2007-yilda uning tasavvurida Afrikaning kelajagi juda ayanchli ekanligini, sababi ularning intellekti biznikiga o‘xshamasligini ma’lum qilgandi.

Uotson barcha odamlar tengligiga ishongisi keladi, ammo qora tanlilar bilan muloqotda bo‘lgan har qanday kishi bunday emasligini biladi, degan fikrni ilgari suradi.

Ushbu fikrlaridan so‘ng u Cold Spring Harbour laboratoriyasidagi lavozimidan ayrilgan, ammo uzrli maktubidan so‘ng faxriy nomini saqlab qolgan. Biroq AQShda namoyish etilgan yangi hujjatli filmdan so‘ng laboratoriya uni olim unvonidan maxrum etishga qaror qilgan.

Jeyms Uotson 1962-yilda Frensis Krik va Moris Uilkins bilan DNK molekulasining tuzilishini kashf qilganligi uchun fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

2014-yilda ilmiy hamjamiyat uning fikrlarini irqchilik deb talqin qilgani uchun ko‘krak nishonini sotib yuborgan.

Ayni paytda u avtohalokatdan so‘ng davo muolajalarini o‘tamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют