» » Berlinda O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Berlinda O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi


Berlinda 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi oldidan O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi hamda Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda ikki mamlakatning savdo, investitsiya, bank-moliya, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, konsalting, logistika, tekstil, oziq-ovqat, kimyo, tog‘-kon sanoati, xizmat ko‘rsatish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, kompaniya va konsernlari vakillari ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Unda 200 dan ziyod nemis kompaniyalari, iqtisodiyotning turli sektorlari vakillari qatnashdi. Deutsche Bank, Commerzbank, Claas, Lufthansa, Knauf Group, Siemens, MAN kabi yirik bank-moliya institutlari, korporatsiya va konsernlar shular jumlasidan.

Qayd etish joiz, bugungi kunda mamlakatda faoliyat yuritayotgan xorij kapital ishtirokidagi kompaniyalar soni muntazam ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekistonda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatda 130 dan ortiq germaniyalik ishbilarmonlar ishtirokidagi kompaniya faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bular orasida Germaniyaning MAN, Claas, Lemken, Knauf kabi o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilari faoliyati e’tiborga molik.

Bu kabi hamkorlik natijasida 2018-yilda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 770 million AQSh dollaridan ortdi. Bu 2017-yil bilan solishtirganda 24,5 foizga ko‘pdir. Birgina oziq-ovqat mahsulotlari eksportida o‘tgan yili 44,6 foiz o‘sish sur’ati qayd etilgan. Germaniyadan mamlakatga asosan turli texnikalar import qilinadi.

Biznes-forum sho‘ba majlislari tarzida davom etdi. Unda mamlakatning investitsiyaviy salohiyati, sarmoyadorlar uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar, O‘zbekiston bozorida xorijiy mahsulotlarga bo‘lgan talab va taklif bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Biznes anjuman doirasida tashkil etilgan B2B shaklidagi muloqotda ishtirokchilar turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollarini muhokama qildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi Savdo-sanoat assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik haqida bitim imzolandi. Hujjat ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish, hamda palatalar tizimida turli tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yishni ko‘zda tutadi.

Forum yakunlari bo‘yicha investitsion-texnologik, bank-moliya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli kelishuvlarga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют