» » Toshkent davlat agrar universitetida AQShning Missisipi shtati universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent davlat agrar universitetida AQShning Missisipi shtati universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda


Toshkent davlat agrar universitetiga Missisipi shtati universiteti (MShU)dan ekspertlar – MShU xalqaro aloqalar instituti direktori Juli Jordan, MShU Suv resurslari ilmiy tadqiqot instituti direktori Jeyson Kruts tashrif buyurdi, deb yozadi O‘zA.

Xorijlik mehmonlar tashrif davomida ToshDAUning o‘quv tajriba stansiyasi, o‘simliklarni biologik himoya qilish, paxtachilik va g‘allachilik laboratoriyasidagi yangiliklar bilan tanishdi. Shuningdek, xorijlik mehmonlar universitetning “Qo‘shma ta’lim” dasturi asosida ta’lim olayotgan talaba va magistrlar bilan uchrashdi.

Tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvini amalga oshirish, ikki tomonlama diplom berish qo‘shma dasturlarini joriy etish, MShUning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetuk professor-o‘qituvchilarning o‘zbekistonlik talabalariga ma’ruzalar o‘qishlarini joriy etishga kelishib olindi. Shuningdek, Toshkent davlat agrar universitetida Missisipi shtati universitetining filialini ochish rejalashtirilmoqda.

Fevral oyida Missisipi shtati universitetiga Toshkent davlat agrar universiteti vakillari boradi. Ana shu safar chog‘ida ikki universitet o‘rtasida shartnoma va “yo‘l xarita”sini imzolashga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют