» » Fermerni do‘pposlagan hokim, Tehrondagi samolyot halokati, qimmatlashgan xorijiy valyutalar va kunning boshqa muhim xabarlari

Fermerni do‘pposlagan hokim, Tehrondagi samolyot halokati, qimmatlashgan xorijiy valyutalar va kunning boshqa muhim xabarlari


14-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Olot tumani hokimi fermerni do‘pposlab, 25 million so‘mni boshqa maqsadlarga yo‘naltirishga majburladi.

Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Sherali “Shuhrat” fermer xo‘jaligi rahbari Orif Durmatovni do‘pposlab, uning hisob raqamidagi 25 mln so‘mni boshqa hisob raqamga yo‘naltirib yubordi.

Tumandagi bir nechta fermer xo‘jalik rahbarlarining bildirishicha, hokimning fermerlarga nisbatan bunday muomalasi, munosabati birinchi marotaba emas.

***

14-yanvar kuni Tehron shahri yaqinida Boeing 707 yo‘lovchi tashuvchi samolyoti  halokatga uchradi.

Layner Bishkekdan Tehrondan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan Kerej shahrining Payyam aeroportiga uchayotgan edi.

Bortdagi 16 kishidan faqat bir kishi tirik qolgan. Ayni paytda 15 kishidan 10 nafarining shaxsi aniqlangan.

***

O‘zbekistonda asosiy xorijiy valyutalar so‘mga nisbatan qimmatladi.

AQSh dollari kursi salkam 20 so‘mga oshib, 8356 so‘mga yetdi.

Yevro kursi 83 so‘mga qimmatladi va 9582 so‘mni tashkil etdi.

Rossiya rubli kursiga ham 1 so‘m 61 tiyin qo‘shilib, 125 so‘m atrofida bo‘ldi.

***

Toshkentda YPX inspektorini kaltaklagan haydovchi ozodlikdan mahrum etilgani ma’lum bo‘ldi.

2017-yil 18-yanvar kuni taxminan soat 21:30 da Nexia avtomobili haydovchisi Ma’rufjon A. Mustaqillik va Shahrisabz ko‘chalari chorrahasida YPX inspektori tomonidan kamar taqmaganligi uchun to‘xtatiladi. Tekshiruv davomida haydovchida transport vositasini boshqarish uchun zarur hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘lаdi.

Jazodan qutulib qolish maqsadida Ma’rufjon A. inspektorga qarshilik ko‘rsatadi va unga tan jarohatlari yetkazadi.

***

O‘zbekistonga qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdida portlovchi qurilma topildi.

Bojxona qo‘mitasi xodimlari Turkmanistondan Surxondaryo viloyatiga o‘tgan yuk poyezdi vagonlaridan birida 200 gramm og‘irligidagi trotil shashkasi va detonatorni aniqladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют